Ibodat uchun

Assalomu alaykum! Humatli Ustozlar, bir yaqin insonimni (yoshlari katta) yo‘tal qiynayapti. Har yo‘talganlarida siydik chiqib ketayotgan ekan, hatto namozda ham. Ibodatdan ko‘ngillari to‘lmayotgani uchun so‘ramoqdamiz. Bu holatda qanday ibodat qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishi bo‘lsa, ayol kishilarning jinsiy a’zosi tashqi va ichkiga bo‘linadi. Ichki a’zoga narsa qo‘yib, namoz o‘qiyversin. Modomiki o‘sha qo‘yilgan narsani tashqi tomoni ho‘l bo‘lmas ekan, tahoratli hisoblanadi. Buni tashqi a’zoning ustiga qo‘yilgan lattadan aniqlab olish mumkin. Erkak kishi bo‘lsa, bavl chiqadigan joyiga paxta tiqib oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar