Musofir yurtda

Assalomu alaykum! Ustozlar, men musofir yurtdaman. 4 rak’atli farz namozlarini musofir kishi 2 rak’at qilib o‘qiydi deyilgan. Lekin Alhamdulillah bu erda namoz o‘qishim uchun sharoit va holatim yaxshi. Shuning uchun 4 rak’atligicha o‘qishim joizmi? Va agar ba’zi noqulay vaqtlarda 2 rak’at qilib ham o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir joyda eng kami 15 kun tursangiz musofirligingiz qolmaydi. Hamma namozlarni har qanday holatda ham to‘liq o‘qishingiz farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar