Nasiya savo haqida

Assalomu alaykum! Men savdo sohasida oldin ishlaganman, hozir bizni yurtlarda kredit yoki nasiya savdolar ham kupayib ketdi. Shunga ko‘ra ba’zi tanish do‘stlarim menga “bironta xolodilnik yoki kir yuvish mashinasi yoki shunga o‘xshaydigan narsalarni nasiyaga, ya’ni hozirgi tilda kreditga olib bering, siz kafil bo‘lib” deydi. Men shu magazindagi sotuvchilardan iltimos qilib, bir ikki tanishimga olib berdim. Hozirgi paytda iltimos qilib bizga ham olib bering deydiganlar ko‘payib qoldi. Endi sotuvchilardan so‘rasam ular “siz shu mahsulotni o‘ziz naqdga olib ularga nasiyaga bering. Bizda dokument qilish kerak” deyishyabdi. Chunki men o‘rtada turgan odamlar O‘zbekistonda ishlamaydi boshqa davlatda ishlab pul topishadi. Shu ishni qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘kondan naqdga olib ustiga foyda qo‘yib nasiyaga sotsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:38 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar