KALBDAGI NIYaTGA BOGLIK BULGAN GUNOXLAR VA BOShKA MASALALAR!!!
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU!Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman.1. «Sunniy akiydalar» kitobida o‘lganlarga savobni bag‘ishlash bobida «Aqiydatut-Taxoviyya» kitobining sharxidan iktibos keltirilgan: «Tiriklarning duo sadakalaridan ulganlarga manfaat bordir». Duoning o‘tganlarga manfaat berishi to‘g‘risida Qur’ondan, sunnatdan, ijmo’dan va kiyosdan dalil keltirilganidan sung: «Badaniy ibodat bulmish duo o‘lganga manfaat bergandan keyin ro‘za, namoz kabi boshka badaniy ibodatlar xam manfaat berishi turgan gap. Chunki orada fark yo‘q». Ustoz o‘lganga tiriklarning duolaridan, sadaka, ruza, xaj, Kur’on kiroati kabi amallaridan manfaat etishi xakida ma’lumotga ega bo‘ldim. O‘lganlarga namoz o‘qib, savobini bagishlash masalasida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz. Mazkur bag‘ishlash qay tarzda bo‘ladi? Namoz o‘qib, oxirida o‘lganlarga Alloxdan mag‘rifat va omonlik so‘raladimi yoki bo‘lmasam o‘sha namozdan xosil bo‘lgan savobning o‘zi ularga bag‘ishlanadimi?2. Imom G‘azzoliyning «Ixyou-ulumid-din» asarining «Qalb ajoyibotlari kitobi»ning «Bandaning jazolanishiga olib keladigan kalb vasvasalari, xoxishlari, o‘y-xayollari, qasdlari va bulardan afv qilinib kechiriladiganlari» bobining oxirida kuyidagilar aytilgan: «Paygambar (s.a.v): Yaxshilik kalb taskin topgan narsadir garchi senga fatvo berishsa xam, fatvo berishsa xam, dedilar. (Tabaroniy rivoyati). Aytamizki, fatvo beruvchi kalb bir narsaning ijobiyligiga xukm kilsa, unda xato kilgan bo‘lsa xam savob oladi. Xattoki agar bir inson taxorat kildim deb, deb o‘ylaydigan bo‘lsa, unga namoz lozim bo‘ladi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan so‘ng taxorat kilmagani esiga tushib kolsa, o‘qigan namoziga savob oladi. Agar esiga tushganidan keyin uni tark qilsa (ya’ni, qaytadan o‘qimasa) bu ishi tufayli jazolanadi. Yana kim to‘shagida bir ayolni o‘zining xotini deb o‘ylab, u bilan birga bo‘lsa, osiy bo‘lmaydi, garchi u yot ayol bo‘lsa xam. Agar uni yot xotin deb o‘ylab turib, u bilan birga bo‘lsa, garchi xotini bo‘lsa xam osiy bo‘ladi. Bularning xammasi a’zolar e’tibori bilan emas, balki kalbga e’tiboran bo‘ladi» iktibos tugadi. Mazkur nozik masalani batafsil tushuntirib bersangiz.3. O‘sha bobda yana shunday deyilgan: «Agar gunox ishdan bir sabab bilan to‘silib qolsa yoki Alloxdan qo‘rkkanidan emas, balki bir uzr tufayli tark kilsa, unga bir gunox yoziladi, chunki ishni kilishga kasdi kalbidan ixtiyoriy bir ishdir». Bir kishi kechasi yoki tong otganda bir musulmonni o‘ldirishga yoxud bir ayol bilan zino kilishga azm etsa-yu, lekin o‘sha kechasi o‘lib kolsa, shu fikrida kat’iy turgan xolda o‘lib, shu niyatda tiriladi, deb xisoblanadi. Paygambar (s.a.v)dan rivoyat kilingan xadis bunga kat’iy dalildir: «Ikki musulmon kilichlari bilan bir-biriga yo‘liqsa, o‘ldiruvchi xam, o‘ldirilgan xam do‘zaxdadir». – Ey, Rasulullox, bu-ku o‘ldiruvchi, o‘ldirilganning xoli nega bunday?-deyildi. – Chunki u xam sherigini o‘ldirishni xoxlagandi,-dedilar. Endi kanday kilib Allox taolo niyat va kasd sababli jazolamaydi, deb gumon kilinadi?» iktibos tugadi. Mazkur inson kalbidagi gunoxga etaklaydigan kat’iy niyat va kasd masalasida barcha ulamolarning fikrlari xam shundaymi? Inson yukoridagi xolatda kalbdagi kasdi uchun jazolanadimi? Agar jazolanadigan bo‘lsa, bu o‘sha gunoxni kilgandagi gunox bilan barobar bo‘ladimi? 4. «Ibodati Islomiya» kitobida «Shia va mu’tazila mazhabida bo‘lgan kishi musulmonni yoki yo‘qmi?” degan savolga quyidagicha javob berilgan: “Islom dinining haqligiga iymon keltirib, qibla tomonga qarab namoz o‘qiganlari musulmondir. Ba’zi masalalarda xato e’tiqod qilganligi uchun gunohkordir. Ularni besabab kofir deyish yaxshi emas. Chunki ular Alloh taoloning borligiga va birligiga ishonishadi. Muhammad (s.a.v) Allohning haq payg‘ambari ekanliga, Kalomi sharifga imon keltirishadi.” Ustoz akoid kitoblarida kadariya, mu’tazila kabi firkalarni butkul kofirligiga fatvo berilganmi? Yoki ular kofir emasmi? Kiyomat kuni ularni xoli nima bo‘ladi?Javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bizning mazhabimizda o‘tganlarga namoz o‘qish yo‘q bo‘lgani uchun siz o‘qigan va boshqa kitoblarimizda bu gap aytilmagan. Shuning uchun, namozdan keyin duo qabul bo‘lishi e’tiboridan o‘sha paytda o‘tganlarning haqiga duo qilsa, bo‘ladi.2. Imom G‘azzoliyning mazkur kitobi tasavvufga oidligi ma’lum. Unda ko‘proq oliymaqom bo‘lishga harakat qilayotganlarga bog‘liq gaplar aytiladi. Misol uchun, g‘iybat qilsa, ro‘zasi ochiladi, degan gaplarga o‘xshash. Ehtimol siz keltirgan gaplar ham o‘shanga o‘xshash gaplardir. Ya’ni, oliy maqomlarga erishiga harakat qilayotgan xos kishilar uchundir, omma uchun emasdir. Chunki, boshqa ulamolar umumiy tarzda aytgan gaplarida bu ma’nolar yo‘q.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam O‘z Robbilaridan rivoyat qilib aytadilar: «Albatta, Alloh yaxshiliklar va yomonliklarni yozib qo‘ydi. So‘ngra o‘shani bayon qildi. Kim bir yaxshilikni qasd qilsa-yu, unga amal qilmasa, Alloh uni O‘z huzurida barkamol bir yaxshilik qilib yozib qo‘yadi. Agar uni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh azza va jalla uni O‘z huzurida o‘ntadan etti yuz yaxshilikkacha, undan ham bir necha marta ko‘p qilib yozadi. Agar bir yomonlikni qasd qilsa-yu, unga amal qilmasa, Alloh uni O‘z huzurida bir yaxshilik qilib yozadi. Agar u (yomonlik)ni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh uni bir yomonlik qilib yozadi», dedilar».Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.Islom shariatining go‘zalligini ko‘ring! Bu hadisda u qanchalik darajada yaxshilik tarafdori ekaniyu, yomonlikka qanchalik qarshi ekani aniq bayon qilinmoqda. Qilingan amalga beriladigan ajru savob asosan bandaning ixlosiga qarab bo‘lar ekan! Chunki bir xil niyat bilan bir amalni bajargan kishilarning biriga o‘n hissa savob berilsa, ikkinchisiga etti yuz hissa, uchinchisiga undan bir necha barobar ko‘p savob ato etilishi aytilmoqda. Savob ixlosga qarab bo‘ladi ekan!Ha, ixlos ana shundoq narsa. Ixlos bilan qilingan ibodatning savobi ana shundoq ko‘p bo‘ladi. Ixlos samarasi o‘laroq banda o‘z Robbisiga qilgan ibodatning lazzatini topadi, ichi musaffo bo‘ladi, qalbi nurga to‘ladi va amaliga qo‘shimcha savob oladi. Ixlosli banda va’z-nasihat va ibratlardan o‘ziga tezda foyda oladi. Ixlos Alloh tomonidan bandaga beriladigan ulkan mukofot va ne’matdir. Alloh taolo hadisi qudsiylardan birida: «Ixlos Mening sirlarimdan bir sirdir. O‘z bandalarimdan kimga muhabbat qilgan bo‘lsam, o‘shaning qalbiga ixlosni joylaganman. Unga farishta tanish bo‘lib, yoza olmaydi ham, shayton tanish bo‘lib, buza olmaydi ham», degan.Ushbu biz o‘rganayotgan hadis ham hadisi qudsiy bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni Alloh taolodan rivoyat qiladilar. Keling, hadis matni bilan yaqindan tanishib chiqaylik:«Albatta, Alloh yaxshiliklar va yomonliklarni yozib qo‘ydi». Ya’ni, Alloh taolo barcha yaxshiliklarni va yomonliklarni taqdir qilib Lavhul Mahfuzga yozib qo‘ydi.«So‘ngra o‘shani bayon qildi». Ya’ni, keyin o‘sha yozib qo‘ygan yaxshiliklar nimayu yomonliklar nima ekanini yuborgan dinlari orqali bandalariga bayon qildi. Hammaga qaysi amal yaxshi-yu, qaysi amal yomonligi ayon bo‘ldi. «Kim bir yaxshilikni qasd qilsa-yu, unga amal qilmasa, Alloh uni O‘z huzurida barkamol bir yaxshilik qilib yozib qo‘yadi».Chunki yaxshilikni qasd qilishning o‘zi yaxshi narsa. Yaxshilikni qasd qilgan banda tezda uni qilishi ham aniq. Shuning uchun unga targ‘ib bo‘lsin deb, doimo yaxshilik niyatida yurishi uchun qilgan niyatiga ham, garchi u amalga oshmasa-da, bir yaxshilik savobi yoziladi.«Agar uni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh azza va jalla uni O‘z huzurida o‘ntadan etti yuz yaxshilikkacha, undan ham bir necha marta ko‘p qilib yozadi». Ya’ni, banda o‘zi qasd qilgan yaxshiligini amalga oshirsa, Alloh bandaning ixlosiga qarab o‘sha yaxshilikni O‘z huzurida o‘ntadan to etti yuzgacha, undan ham bir necha marta ko‘proq yaxshilik qilgan, deb yozadi. Ana o‘shaning savobini beradi.Demak, niyat bilan yaxshilik qilgan musulmon odamga beriladigan eng oz ajr uning qilgan yaxshiligiga nisbatan o‘n barobar ko‘p bo‘ladi. Ko‘pi esa bandaning ixlosiga qarab o‘n bittadan boshlab, etti yuz va undan yana Allohning O‘zi bilganicha ko‘paytiriladi. Bu ham Islom shariatining mislsiz go‘zalliklaridan, osonligidan. Banda ichini pok qilishi, qalbini musaffo tutishi va buning samarasi o‘laroq paydo bo‘lgan ixlosi tufayli birovlar bir ishni qilib olgan savobdan, xuddi o‘sha ishni qilib turib sonsiz-sanoqsiz marta ko‘p savob olishi mumkin. «Agar bir yomonlikni qasd qilsa-yu, unga amal qilmasa, Alloh uni O‘z huzurida bir yaxshilik qilib yozadi». Ya’ni, banda bir yomonlikni qasd qildi. So‘ngra gunoh bo‘lishidan, Allohning azobiga yo‘liqishidan qo‘rqib, o‘sha yomonlikni qilmadi. Shuning o‘zi yaxshilik, balki yaxshilikning boshlanishi. Allohdan qo‘rqib yomonlikni tark qilgan odam endi yaxshilik qilishga o‘tadi. Bu mukofot esa uni doimo yaxshilikka chorlaydi.Kishi yomonlikni qasd qila turib, uni amalga oshirmagani evaziga bir yaxshilik savobi olishi uchun, avvalo, o‘sha yomonlikni Allohdan qo‘rqib tark etishi shart. Agar boshqa sabab bilan tark etsa, qilgan niyatiga yarasha gunoh yoziladi.Misol uchun, biror kimsa bir musulmonning ustidan ig‘vo-bo‘hton qo‘zish uchun borsa-yu, mas’ul odamni topa olmay qaytsa, unga gunoh yozilaveradi.Shuningdek, harom ichimlik ichmoqchi bo‘lgan kishi do‘kondan o‘sha ichimlikni topa olmagani uchungina ichmasa, qilgan yomon niyatiga yarasha unga ham gunoh yozilaveradi.Ammo, avval aytgandek, niyat qilgandan keyin Allohdan qo‘rqib, yomonlikni tark qilsa, yaxshilikning savobi yoziladi.«Agar u (yomonlik)ni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh uni bir yomonlik qilib yozadi».Bu ham Allohning fazli va marhamati. Agar ko‘p qilib yozaman desa, yaxshilikni ko‘paytirib yozganidek, yomonlikni ham ko‘paytirib yozishi mumkin edi. Alloh taolo undoq qilmaydi.Ushbu hadisdan oladigan foydalarimiz:1. Alloh taolo azaldan yaxshilik va yomonliklarni Lavhul Mahfuzga yozib qo‘ygani.2. Alloh taolo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima ekanini O‘z maxluqotlariga bayon qilib bergani.3. Mo‘min banda qasd qilgan yaxshiligi uchun ham savob olishi.4. Mo‘min banda qasd qilgan yaxshiligini amalga oshirsa, o‘ntadan etti yuzgacha va undan ham ko‘p savob olishi mumkinligi.5. Mo‘min bandaning qilgan amaliga savobning ko‘payishi uning ixlosi darajasiga bog‘liqligi.6. Mo‘min banda bir yomonlikni qasd qilib, so‘ngra Allohdan qo‘rqib uni tark etsa, yaxshilik yozilishi.7. Banda bir yomonlikni qasd qilganidan so‘ng uni amalga oshirsa, bir yomonlik etib yozilishi.Ushbu hadisi sharifdan Islom dini qanchalar yaxshilik tarafdori ekanini, kishilar ixlosli bo‘lish uchun qanchalar rag‘batlantirilganini bilib olamiz. Qaysi bir din, tuzum birovga faqat yaxshilikni niyat qilgani uchun, unga amal qilmasa ham, mukofot beradi? Islomdan boshqa qaysi bir din yoki tuzum bir yaxshilikka etti yuz va undan ko‘p barobar mukofot beradi? Islomdan boshqa qaysi bir din yoki tuzum qilgan yomon niyatidan qaytgan kishi uchun yaxshilik qilganga teng mukofot beradi?Bu ishlarning hammasida insondan ortiqcha harakat yoxud aziyat talab qilinmaydi. Faqat bir narsa – o‘sha ixlos talab qilinadi. Ixlos esa qalbni musaffo, botinni pok tutib, xuddi Allohni ko‘rib turgandek U zotga suyumli bo‘lish uchun urinish, xolos. Ana o‘sha ixlos qanchalik kuchli bo‘lsa, qilingan yaxshi amalning savobi shunchalik ko‘payaveradi.Islom dini – ana shundoq oson din. Islom – ana shundoq yaxshilik tarafdori bo‘lgan din. Ammo biz musulmonlar o‘z dinimizga munosibmizmi?Islom bizga bergan imtiyozlardan foydalanib, o‘zimiz uchun ko‘proq ajr-savob jamlashga urinyapmizmi? Qiladigan yaxshi amalimizni chin ixlos bilan, faqat Allohning roziligi uchun qilayapmizmi? Bandalik bilan adashib qilgan yomon niyatlarimizdan Alloh taolodan qo‘rqib qaytmoqdamizmi? Umuman, bizda ushbu hadisi sharifda zikr qilingan ma’nolar haqida tushuncha bormi?Har bir niyatimiz, qasdimiz Allohga ma’lum bo‘lib, unga yarasha savob yoki gunoh nomai a’molimizga yozilib borayotganini bilamizmi? Har bir qilgan amalimizga yarasha ma’lum savob yoki gunoh olayotganimizni doimo his etamizmi?Avval bilmasak, endi bildik. Endi ushbu hadisga amal qilishimiz lozim. Faqat yaxshilikni qasd qilishga o‘taylik. Qasd qilgan yaxshiliklarimizni chin ixlos bilan amalga oshirishga o‘taylik. Adashib ba’zi bir yomonlikni qasd qiladigan bo‘lsak, darhol undan qaytadigan bo‘laylik. Ana shunda chin musulmon bo‘lib, ikki dunyo saodatiga erishamiz.4. - Siz keltirgan kitobda aytilgan gaplar to‘g‘ri. Mo‘’taziliylarning kofir bo‘lib diyndan chiqib ketganlari haqida gap yo‘q. Xato tushunchalari, kufr ketgan gaplari haqida so‘zlar bor. Qadariyaning kofirligi esa, hadis ila sobit bo‘lgan.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qadariya ushbu ummatning majusiylaridir. Agar ular bemor bo‘lsalar, ko‘rgani bormanglar, o‘lsalar, hozir bo‘lmanglar», dedilar».Bu hadis musulmonlar ichidan chiqadigan ma’lum bir toifa–Qadariyaga bag‘ishlanmoqda. Bu toifa qadar masalasida adashgan toifa bo‘lgani uchun ushbu nomni olgan. Aniqrog‘i, qadarni inkor qilganlari uchun, shunday atalgan. Bu toifaga mansub kishilar qadarga ishonmaydigan kishilardir. Ular: «Dunyodagi bandaga xos ishlar bandaning ixtiyori bilan bo‘ladi, banda o‘z amalini o‘zi xalq qiladi», deydilar.Qadariya boshqa mazhablarga o‘xshab, alohida bir toifaga ajrab, imomi bo‘lib, davomchilari ma’lum mintaqalarga tarqalgan emas. Balki, kim yuqoridagi aqiydani qilsa, o‘shanga qadariya deyi¬lavergan. Qadariya mazhabining eng ko‘zga ko‘ringan tamsilchilari mo‘’taziliylardir. Mo‘’taziliylar alohida aqiydaviy mazhab, yo‘nalish sohiblari bo‘lib, boshqa ba’zi bir aqiydaviy masalalarda ham Ahli sunna va jamoa maz¬habiga xiloflari mavjud. Jumladan, qadar masalasida ham o‘ziga xos e’tiqodda bo‘lganlari uchun ularni «Qadariya» ham deyiladi.Qadariya mazhabiga yurganlarning asosiy xatosi insonga berilgan ixtiyorga mubolag‘a bilan qarab, Allohning shomil ixtiyorini cheklashga urinishdir. Ular insonda ixtiyor borligiga dalolat qiluvchi oyat va hadislarni haddan oshirib, uning ixtiyori cheklangan va Allohning ixtiyoriga tobe’ligi haqidagi dalillarni o‘z fikrlariga moslab ta’vil qilish bilan ovora bo‘lganlar. Oqibatda zalolatga ketganlar.Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:«Qadariya ushbu ummatning majusiylari», demoqdalar, ya’ni Qadariya mazhabiga yurganlarni Islom ummatining majusiylari ekanini e’lon qilmoqdalar. Nima uchun? Bu savolga ulamolarimiz quyidagicha javob beradilar: «Ma’lumki, majusiylar otashparastlardir. Ular quyoshga yoki olovga ibodat qiladilar. Ularning e’tiqodlari bo‘yicha, ikki asl iloh bor: Nur xudosi va Zulmat xudosi, ya’ni, yaxshilik xudosi va yomonlik xudosi. Hamma yaxshiliklarni Nur xudosi, barcha yomonliklarni esa, Zulmat xudosi qiladi.Qadariya musulmonlardan bir toifa bo‘lib, qadar yo‘q deydi. Ular: «Banda o‘zining ixtiyoriy amallarini o‘zi yaratadi», deydilar. Shu e’tiqodlariga binoan, ularning fikricha, Xoliq ikkita bo‘ladi: Alloh taolo va o‘z ixtiyoriy amallari bo‘yicha inson. Shuning uchun, ya’ni, ikki xoliq bor, deb e’tiqod qilganlari uchun ham, Qadariya ikkita iloh bor deb, e’tiqod qiluvchi majusiylarga o‘xshatilgan».Qadariyaning fikri o‘ta xatarli ekanini avvalgi gaplarimizda ta’kidlab o‘tdik. Shuning uchun ham bu hadisning davomini o‘rganar ekanmiz, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizni ularga umuman yaqinlashmaslikka amr qilayotganlarini ko‘ramiz.
30 Aprel 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 199 | Aqiyda