Qabrdagi holat
Assalomu alaykum! Qabrda insonga yaxshi amallari uni azob chekishdan saqlar ekan. Bosh tarafdan o‘qigan namozlari, o‘ng tarafidan tutgan ro‘zalari, chap tarafdan bergan zakoti turar ekan. Insonning oyoq tarafida turadigan yaxshi amallari haqida tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Inson qabrga kirganida mo‘min bo‘lsa, uning qilgan yaxshi amallari uni atrofidan o‘rab oladi”. Imom Ahmad rivoyati. Namoz bosh tarafida bo‘ladi. Ibn Hibbon rivoyati. Namoz “Bu tarafdan kelishga senga yo‘l yo‘q” deydi. Abu Dovud rivoyati. Farishta o‘ng tarafdan kelganida ro‘za kabilar uni qaytarishadi. Imom Ahmad rivoyati. Chap tarafidan kelganida, zakot uni qaytaradi. Hokim rivoyati. Oyoq tarafidan kelganida “Sizlar uchun bu tomondan yo‘q yo‘q” deb uni masjidlarga borgani qaytaradi. Imom Ahmad rivoyati. Silai rahm, ma’ruf, insonlarga qilingan ehson “Meni tarafimdan senga yo‘l yo‘q” deydi. Hokim rivoyati. Kim har kechada “Mulk”(Taborak) surasini o‘qisa, Alloh azza va jalla u tufayli uni qabr azobidan saqlaydi. Nasoiy rivoyati. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:39 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar