Ishchi o‘z xaqqini olmasa
Assalomu alaykum! Yakinda, bir kiynalgan do‘stim ish bergin deb keldi. Ish borligini, fakat boshka viloyatga borib, ishni bitirib kelishi mumkinligini aytdim. Yoniga yana bir do‘stimi qo‘shdim. U do‘stimi mashinasi bor, begonaga kiro xaki bergandan, birga borilar, birga bitirasizlar ishni dedim. Chunki, u ish 2 kishini talab kilar edi. Xizmat xaqqi va rasxodlari bilan 5 mln so‘mga kelishdik. Ular borishdi va ishlarni 4 kunda bajarib, qaytishdi. Jami 1.250.000 so‘m rasxod kilishdi (mashinaga 150 ming sum metan quyishgan shu pulni ichidan) 650 km yo‘l bosgan shofyor do‘stim 500.000 so‘m mashina xaqqiga so‘radi va oldi. Bunga xaqqi bor deb o‘ylayman, lekin 2 ishchi o‘rtasida bu narsa kelishilmagan ekan. Chunki, mashina xaqqini olishi tabiiy deb o‘ylagan. Begona shofyorga qimmatroq to‘lanishi aniq edi. Ikki do‘stim xam buni juda yaxshi biladi. Endi, jami 3.250.000 so‘m qolgan pulni ikkina bo‘lib bersam, qiynalgan do‘stim, rozi emasman, mashina xaqqiniyam yarmini manga berasan deb, pulni olmey, qiyomatda gaplashamiz deb ketvordi. Boshqa do‘stlar orqali bervordim pulini, lekin olishni xoxlamayapti. Ushlab olgan gapi, qiyomatda gaplashamiz. Lekin man aytilgan pulni berdim. Yolg‘on aralashmagan. Endi nima qilishga xayronman, qiynalgan do‘stimi puli, ya’ni 1.625.000 so‘m manda turibdi. Uyiga oborib beray desam, oilasi bilan o‘rtasida nizo chiqishidan xavotirdaman. Shunga maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish haqi noaniq bo‘lgani uchun kelishuv fosid bo‘lgan. U ikkisiga ujrai misl berasiz. Ujrai misl - shunday ishga o‘rtacha to‘lanadigan haqdir. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish haqi noaniq bo‘lgani uchun kelishuv fosid bo‘lgan. U ikkisiga ujrai misl berasiz. Ujrai misl - shunday ishga o‘rtacha to‘lanadigan haqdir. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat