Qanchasini zakot beraman

Assalomu alaykum! Men musofir talabaman. Xudoga shukur ishga kirdim, Xudo xohlasa oyligim taxminan 1600$ atrofida bo‘lar ekan. (harajat qilsam shu pul ketadi ko‘p ishlatsam hammasi ham ketishi mumkin). Men 1600$dan qanchasini zakot qilib beraman? Iltimos tushuncha bersangizlar. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi 1.600ni olishni boshlaganingizdan bir yil o‘tib, yana shuncha mablag‘ qo‘lingizda turgan bo‘lsa, o‘shani borining qirqdan birini zakot niyatida ajratasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar