Ro‘zg‘ordan baraka qochgan
Assalomu alaykum! Xudoga shukrki, ishim uyim ota onam bor. Ammo ro‘zg‘orimizdan Xudoyimning barakasi qochgan. Ota bola salkam 5 mln maosh olamiz. Lekin xuddi 5 so‘mdek bir zumda xarj bo‘lib ketadi. Xarom va badishlar qilmaymiz. Onamning namozda nola qilishlari xar safar ichimni to‘kib yuboradi. Rabbimga qaytishimiz uchun qaysi amalni ilaylik? Qaysi amallarni tark etaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Nuh" surasida marhamat qiladi: فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا 10. «Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta, U ko‘plab mag‘firat qiluvchidir», – dedim».
Nuh alayhissalomning tazarru ila zorlanib, o‘z Robbiga qilayotgan nidolaridan ko‘rinib turibdiki, u zot alayhissalom o‘z qavm¬larini turli usullar bilan dinga chaqirganlar. Keling, u zotning ushbu mashhur nidolarini batafsil o‘rganib chiqaylik.
«Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta, U ko‘plab mag‘firat qiluvchidir», – dedim».
«Istig‘for»ning lug‘aviy ma’nosi «mag‘firatni (gunohning kechirilishini) so‘rash»dir. Amalda banda tilida «astag‘firulloh» va shu ma’nodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdiqlashidir. Umumiy ma’noda esa istig‘for dindorlikni ifoda etadi. Agar bu oyatga amal qilsangiz...يُرْسِلِ السَّمَاء عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيُمْدِدْكُمْ بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَارًا 11. «Shunda ustingizga yomg‘irni mo‘l ko‘l qilib yuboradir.
12. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog‘u rog‘lar qilib berur hamda anhorlar qilib beradir. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush