Ishdan bo‘shatilmaslik uchun pora berish joizmi?

Assalomu alaykum! Men hozir litseyda ishlayman va may oyining oxiri va iyun oyida dars soatlarimiz yo‘qligi uchun bazi kunlari ishga bormagan edim. Ishxonamizda kirish chiqish nazorati bor. Kelmagan kunlarimning ro‘yxati chiqazilib, oylikdan olib qolishdi (bunga qarshi emasman). Uning ustiga shu vaj bilan ishdan bo‘shatishlarini va qonun ular tomonida ekanligini aytishyapti. (3ta o‘qituvchiga nisbatan). Mendan boshqa o‘qituvchilar direktor oldiga kirib noxaqliklarini aytibdi, direktor ishka kirayotganda bir so‘m ham bermagansizlar deb minnat qilibdi. Ishimni saqlab qolishim uchun pora bersam bo‘ladimi yoki boshqa ish qidiraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan qoching Alloh sizga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘yadi. Haqqingizni saqlab qolish uchun yoki olish uchun pora berishdan boshqa yo‘l bo‘lmasa bersa joiz, ammo Alloh harom qilgan narsani, uni qilishga ruxsat bor joy bo‘lishiga qaramay, uni tark etsangiz undan xayrlisini nasib qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar