G‘uslsiz holat

Assalomu alaykum! G‘usul olgan edim, kechga kelib hojatga kirsam maniy kelganini sezdim. Lekin yaqinlik qilganim yo‘q, maniy kelsa yaqinlik qilmagan bo‘lsam g‘uslsiz bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda maniy tufayli g‘usl vojib bo‘lishi uchun ikki narsa sabab bo‘ladi. Biri maniy beldan shahvat bilan ajrashi va zarba bilan tashqariga chiqishi. Abu Hanifa va imom Muhammad rahmatullohi alayhimlar “ikki sababdan biri topilsa ham ya’ni beldan shahvat bilan ajrashi topilsa ham g‘usl vojib bo‘ladi” deganlar. Fatvo shu qavlga berilgan. Shu fatvodan kelib chiqib, fiqhiy kitoblarimizda “Yaqinlik qilgan yoki tushida ehtilom bo‘lgan kishining belidan maniy shahvat bilan ajrasayu, jinsiy a’zodan zarba bilan chiqmasa ham g‘usl vojib bo‘ladi. Shu bilan birga bir odam yaqinlikdan keyin bavl qilmasdan g‘usl qilsa, so‘ng maniy tashqariga chiqsa yana g‘usl vojib bo‘ladi. Chunki shahvat bilan beldan ajragan maniy tashqariga chiqdi. Garchi zarb bilan bo‘lmasa ham” deyilgan.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar