Nomaxramlarga nazar
Assalomu alaykum! Nomaxramlarga qarash xaqida 2ta savolim bor edi. Qaraganda shaxvat qo‘zg‘amaydigan yoshi katta ayollarni (kampirlarni) ro‘molini orqaga oddiy qilib ya’ni bo‘yinlari, sochlarini ba’zi joylarini ko‘rinib turishi joizmi? 2). Uylanayotgan yigitlar uylanmoqchi bo‘lgan qizga uning maxrami xuzurida ro‘molsiz nazar tashashlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kampirlarga joiz. Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi: وَالْقَوَاعِدُ مِنَ النِّسَاء اللَّاتِي لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَاتٍ بِزِينَةٍ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَّهُنَّ وَاللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 60. Ayollardan (keksayib) o‘tirib qolgan, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilmagan holda kiyimlarini qo‘yishlarida gunoh yo‘qdir. Iffatlarini saqlasalar, o‘zlari uchun yaxshidir. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir.
Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod boshqa kiyimlarning ustidan kiyiladigan ridodir.
Ayol kishi o‘ta qarib, nikohdan umuman umidsiz bo‘lib qolganda o‘ta o‘ranib-chirmanib yurmasligiga ruxsat bor. Lekin, shunday bo‘lsa ham, iffatlarini saqlaganlari o‘zlari uchun yaxshidir. Ammo voqe’likda qari ayollarning o‘ranib-chirmanib, yoshlarning esa ochilib-sochilib yurganlari ko‘riladi. Bu ham shariatga bo‘ysunmaslikning bir ko‘rinishidir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
2). Yo‘q. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush