IBN TAYMIYa VA IBN KOYYIM ROXIMAXULLOXLAR XAKIDA

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga savol bilan murojaat kilishga izn bersangiz.Ulamolarimiz Ibn Taymiya va Ibn Koyyim (roximaxumullox)larning asarlaridan va fatvolaridan iste’foda kilib turishadi. Lekin Ibn Taymiya xakida tankidiy fikrlar ijobiy fikrlarga karaganda kuprok tilga olinadi. Ibn Taymiya xaklarida bir suxbat chogida bir ustozimiz, masjid imomlaridan birlari shunday degandilar, bir vaktlar Buxoro ulamolari kimda-kim Ibn Taymiyani darslarini ukisa, xotini talok, moli xalol. Lekin shu bilan bir katorda yurtimiz ulamolaridan ayrimlari u kishi xakida ilik fikrlarni xam aytishadi. Shular jumlasidan Muxammadjon xoji domla Xindistoniy r.alayx. U kishining ma’ruzalarida Ibn Taymiyaga raddiya berib, uning foydali asarlari va fatvolarini borligini ta’kidladilar, va shuning barobarida ayrim xatoliklarini xam aytib utdilar. Xozirgi zamon ulamolari xam Ibn Taymiya va u kishining bosh shogirdi Ibn Koyyim asarlaridan va fatvolaridan foydalanishadi.Savol:1. Ibn Taymiya xakidagi jumxur ulamolarning suzlari va munosabatlari kanday?2. Ibn Taymiya xakida tankidiy fikrlar bildirilishining asosiy sabablari nimalardan iborat? U zot kaysi masalalarda axli sunna val jamoaga karshi bulganlar?3. Axmad Ziyovuddin al-Kumushxonaviy (r.a)ning "Jome’ ul mutun" kitobiga Anvar kori Tursunov kilgan mukaddimada Ibn Taymiya uzini Alloxga uxshatgan deb yozilibdi. Bu gap kanchalik xakikatga yakin?4. Ibn Taymiya va Ibn Koyyim (roximaxumullox)larning ta’limotlari va fatvolaridan foydalanish xususida xozirgi zamon ulamolarining fikrlari kanday? Ular kanday tuxtamga kelishgan?Javoblaringiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘zingiz aytgandek, ixtilofli gap. U odamni maqtab ko‘klarga ko‘targanlar ham, erga urib yuborganlar ham bor. Ammo mazhabdan chiqib bir qancha ixtiloflarga sabab bo‘lganini hamma aytadi.

21 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 182 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar