To‘xtatilgan nikoh

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir ibodatdan uzoqda bo‘lgan insonga turmushga berishmoqchi bo‘lishdi. U faqat juma namozini o‘qib, boshqa namozlarini umuman o‘qishni bilmasdi. U insni ogohlantirshimga pisand ham qilmadi. Allohimga yig‘lab Istixora namozni o‘qidim, tushimda qora hijob kiygan ayol “bo‘lmaydi” degan gapni aytdi. Shundan so‘ng ota onamga u insonga rad javobini bering dedim va to‘y to‘xtatildi. Ustozlar iltimos, ko‘pchilik sen noto‘g‘ri ish qildin deyishmoqda. Bu qilgan ishim qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri ish qilgansiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar