Kasb va shariat
Assalomu alaykum! Odamlar ba’zida kasbi talab qilganligi uchun islomda man qilingan ishlarni bajarishga yoki yolg‘on so‘z ishlatishga majbur bo‘lishadi. Masalan, shifokorlar (ginekologlar) bolani olib tashlash (abort) amaliyotini bajarishadi. Bemorlarga yordam beruvchi xodimlar asosan hamshiralardir. Ular erkaklarga ham ba’zi muolajalar o‘tkazishga majbur. Lekin, ba’zida islom amallariga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarga duch kelishadi. Bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo insonlarni kasblari bilan ham imtihon qiladi. Shariat man qilgan chegaradan o‘tmaslik kerak. Bu esa “kasbni tashla” degani emas. Alloh taolo “Taloq” surasida marhamat qiladi : وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا 2. ...Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. 3. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur». Ya’ni kim Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yo‘lni Allohning O‘zi ko‘rsatib qo‘yadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Allohning O‘zi engil qilib turadi. Shu bilan birga, unga o‘zi o‘ylab, xayoliga kelmagan tomondan rizqu ro‘z etkazib beradi. Odatda, kishilar rizqu ro‘zim serob bo‘lsin, degan maqsadda taqvodan voz kechadilar. Bu esa aksincha natijaga olib keladi. Ushbu oyati karimaning ma’nosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning o‘ylamagan tarafdan kelishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida zikr etilgan ishlarda hiyla-nayrang ko‘p ishlatiladi. Hiyladan qo‘rqishning o‘zi yangi hiylaga olib boradi. Shuning uchun Qur’oni Karim musulmonlarni Allohga tavakkul qilishga undab, «Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir», – deydi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu «Qur’ondagi eng katta umidbaxsh oyat, ushbu «va man yattaqillaha yaj’al lahuu maxrojan va yarzuqhu min haysu laa yahtasib» degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy alayhissalom: «Albatta, banda qilgan gunohi tufayli rizqdan mahrum bo‘ladi. Qadarni duodan o‘zga hech narsa rad qila olmaydi, umrni yaxshilikdan o‘zga hech narsa ziyoda qila olmaydi», – deganlar. “Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar