Ijara val iqtino

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Xazratlari. Alloh Islom Ummatiga va O‘zbek millatiga qilayotgan xizmatlaringiz uchun behisob ajru-savoblar bilan mukofotlantirsin.Savolim toza nazariy ya’ni voqelikdagi nizoni hal qilish uchun emas (ijaraga oluvchi bilan hech qanday nizomiz yo‘q). Savolim quyidagicha:Ijara val iqtino asosida avtoulov ijaraga bergandim. Shartlari quyidagicha: Ijaraga oluvchi bozorni qidirib avtoulov topdi. Men borib avtoulovning egasiga pulini to‘lab mashinani sotib oldim va ijaraga oluvchiga ijaraga berdim. Ijara shartnomasi tuzdik. Shartnomaga asosan ijaraga oluvchi har 10 kunlik muddat uchun oldindan ijara to‘lovi amalga oshirib boradi. Birinchi to‘lovning summasi katta, qolgan to‘lovlar bir xil. Ijara to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyin mashinani ijaraga oluvchiga pulsiz berish og‘zaki kelishilgan.Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin ijaraga oluvchi ijaradan bosh tortsa, o‘sha kungacha qilingan to‘lovlar nima bo‘ladi? To‘langan summalar ijara to‘lovi bo‘lganligi uchun ijaraga beruvchida qoladimi yoki ijara val iqtinoda shartlar boshqachami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mulk qilib berish bilan tugaydigan ijara haqidagi gaplarda aytilgan. Topib o‘qing.

5 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 182 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar