sarmoyam miqdori aniqmas zakot berishda

Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Islom olamida qilayotgan hizmatlarizi Olloh o‘zi mukofotlasin!Hazrat meni ikkita katta do‘konimda chevarchilik uchun ishlatiladigan mahsulotlar sotiladi, uning turi (assortimenti) ko‘pligidan hozirgi kundagi aniq sarmoyadagi pul miqdorini hisoblashni umuman iloji yo‘q, 30mlndir, balki 40mln, balki undan ham ko‘p yoki ozroqdir.Shunga zakot bermoqchi edim. qanday miqdorda beriladi. yoki sarmoya miqdori tahminan hisoblab ko‘proq qismiga berganim yaxshiroqmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamma narsani bugungi narxda pulga bichasiz, hisoblab chiqib zakot berasiz. Ko‘p narsani sanab qiynalsangiz, savobni ko‘p olasiz. Taxmindan hisoblasangiz, yana ustiga bir oz qo‘shasiz.

5 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar