Namozga befarqlik

Assalomu alaykum! Aziz va qadrli ustozlar... avvalam bor Alloh ishlaringizni o‘ngidan ilmlaringizni ziyoda qilsin.... savol biroz sizlarni ranjitishi yoki g‘azabingizni chiqarishligi mumkin buning uchun oldindan uzur so‘rayman. Va iltimos qilaman diqqatlik bilan o‘qip jb berishingizni kutip qolaman. Men mana namoz o‘qishni boshlaganimga 1yil bo‘ldi shu vaqt ichida uning foydalarini kordim. O‘zim Alhamdullilah oldin eshitganim qo‘shiq korganim har hil sliplar bo‘lardi. Namozga kirganim koyi bu narsalarni ko‘rishlikni tashladim va faqat ma’ruzalar qur’on hatmlaru siyratu duolar eshitishlikni boshladim. Va har kuni shu narsalarni dostlarimga yaqinlarimga ulashaman. Ularni har hil yomonliklardan gunoh ishlaru, zinolardan. Ichish chakishlikning oqibati yomon bolishligidan ogohlantirib doim bundan qaytaraman. Lekin ming afsuski o‘zim shu qaytarayotgan ishlarimdan qaytolmayapman. Gunoh masiyatlardan. Zinodan, har hil bo‘mag‘ur videolarni korishdan tohtatolmayapman. Go‘yoki do‘stlarimni oldida oppoqdekman ammo yolg‘iz qolganda va ular kormagan bilmagan joylarda ulardanda battarroq gunohlarni qilip qoyaman. Va shuning orqasidan namozlarim yoki qazo boladi yoki oqimay uhlayman. Bilaman qabr azobini, bilaman birma bir savol javob qilinishimni, bilaman mahshargohda hattto terlarimga chokuinimcha quyosh kuydirishini, bilaman do‘zahda yonip kuyishimni. Nafsim(aslida u o‘zim, nafsim deb balki o‘zimni aldayotgandurman)shu narsalarni qil deydi men esa unga so‘zsiz itoat qilaman. Bir narsani aytishim kerak. Shu qilayotgan gunoh ishlarim davomida yuragim tohtap qolayotganday bo‘ladi. Go‘yoki bugun uhlap ertaga uyg‘onmaydigandek bo‘lip qolip uhlashga ham qo‘rqip qolaman. Bugun namoz o‘qip tavba qilaman va bu ishlarimga boshqa qaytmayman deymanu... afsuslar bo‘lsinki yana takror qilaman. Munofiqlar jahannamning eng tagida eng alamli azobni ular olishadi shu ishlarni qilib men ham munofiq bolib qolmayabmanmi? Bu savol aslida ilmsizlikdan. Ammo bilmaganni bilganlardan so‘rash kerak ya’ni sizlardek ilmi ziyoda ustozlardan. Eng avvalo yana bir bor kechirim so‘rayman huddi dardlarimni aytganday bo‘lib qolganimga aslida ham shunday bo‘ldi. Shu gaplarni yozyabman ko‘zlarimda yosh...... nima qilay bu dardu bu gunoh ma’siyatlardan qanday qutulay. Iltimos maslahat bering toki o‘lim vaqti kelganda Azroilni kulip qarshi olay
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buning ishi juda oddiy. Imkoningiz bo‘lsa, biror solih insonning huzurida 40 kuncha yashab kelishni harakatini qiling. Sizdagi bu narsa nafsning nopoklanganligi hisoblanadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ishlaridan biri tazkiya ya’ni poklash edi. Hozirda ham bu sohaning mutaxassislari dunyoda juda ko‘p. Kasalligingiz surunkalikka aylanib qolishidan oldin davolaning. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar