Talog‘imni ber degan edi

Assalomu alaykum! Uzr ustozlar men savolimni noto‘g‘ri yozib yuboribman. Men xotinim bilan janjallashib qoldim. Xotinim “talog‘imni ber” degani uchun taloqsan deb yubordim. Keyin yana yarashdik, yana ancha vaqtdan so‘ng janjallashib qolib yana taloqsan dedim. Lekin yana yarashib birga yashamoqdamiz. Shu voqealardan so‘ng ham farzandli bo‘ldik, lekin hech qachon uch taloq demaganman. Qayta nikoh o‘qitmaganman. Men nima qilishim kerak edi? Maslahatlaringizga muhtojman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni ikki tarafning guvohligida va jonli majlisda ko‘rish kerak. Bu kabi masalalarni hal qilish O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar