Qoldirilgan namozlar

Assalomu alaykum! Ko‘pchiligimiz yoshlikdan namoz o‘qimay qarzdor bo‘lib qolganmiz. Yaqinda bir otindan maslahat olib har namozimga yana bitta farzini qo‘shib o‘qishni o‘rgandim. Masalan peshinni o‘qiyotganimda avval 4 rak’at sunnat keyin 4 rak’at farz ketidan 4 rak’at qolib ketgan farzni, uni ketidan 2 rak’at sunnatni o‘qib tugatyapman. Shu tartibda o‘qishim to‘g‘rimi? Noto‘g‘ri bo‘lsa qarz namozlarni o‘qilishini o‘rgating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qolgan 4 rak’at qazoni 2 rak’at sunnatdan keyin o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 179 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar