Duo qilsangizlar

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar Alloh olib borayotgan ishlaringizga barokat bersin! Men bugundan boshlab Qur’on yodlashni boshladim. Duo qilsangizlar Alloh oson qilsin. Yodlash “Baqara” surasidan boshlanadimi yoki amma porasidanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu shogirdlari Qur’oni karimni ta’lim berayotganlarida har bir oyat avvalida : “Bir oyat dunyo va undagi jami’ narsalardan yaxshidir” der ekanlar. Insonlarning jannatdagi maqomi ham qalbidagi yod olgan Qur’on miqdoricha bo‘ladi. Alloh taolo bu ishingizni qutlug‘ va muborak qilib, O‘ziga mo‘qarrab bandalaridan qilsin va osonlik bilan nihoyasiga etkazishni nasib qilsin. Tajridaban yangi boshlaganlar Amma porasidan boshlasa osonroq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 138 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar