Vegetarianlik
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda go‘sht mahsulotlaridan voz kechish, ya’ni vegetarianlik ta’limotidan ketayotdan insonlar ko‘paymoqda. Bu narsa Allohning halol deb belgilagan ne’matlaridan ongli ravishda voz kechishga va gunohkor bo‘lishga sababli narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi bir halol narsalar mijozga to‘g‘ri kelmagani uchun emaslik boshqa narsa. Lekin “bu berahmlik” deb hayvonlarni so‘yish va uning go‘shlaridan foydalanishni tark qilish, Alloh taoloning diniga qarshi chiqishdir. Alloh taolo “Tahrim” surasida : يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 1. Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Ya’ni «Alloh senga halol qilgan cho‘rini yoki asalni o‘zingga harom qilishing durust emas. Nima uchun xotinlaring roziligini ko‘zlab, Alloh senga halol qilgan narsani o‘zingga harom qilasan?» «Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Alloh ko‘p mag‘firat qiluvchi va rahmlidir. “Oli Imron” surasida marhamat qilib : كُلُّ الطَّعَامِ كَانَ حِلاًّ لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ إِلاَّ مَا حَرَّمَ إِسْرَائِيلُ عَلَى نَفْسِهِ مِن قَبْلِ أَن تُنَزَّلَ التَّوْرَاةُ قُلْ فَأْتُواْ بِالتَّوْرَاةِ فَاتْلُوهَا إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ 93. Tavrot nozil qilinishidan oldin Isroil o‘ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Banu Isroilga halol edi. «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, Tavrotni keltirib, o‘qinglar», – deb ayt! Ma’lumki, yahudiylar Muhammad alayhissalomning payg‘ambarliklariga ta’na toshini otishga doimo hoziru nozir edilar. Hamisha musulmonlar orasida fitna qo‘zg‘ab, ularning qalblarida shak-shubha uyg‘otish uchun zig‘ircha ham imkoniyatdan foydalanar edilar. Alloh taolo Muhammad alayhissalomning Tavrotni tasdiqlovchi ekanliklarini bayon qilgan oyatlarini nozil qilganidan keyin yahudiylar: «Qur’on Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lsa, nima uchun Tavrot Banu Isroilga harom qilgan taomlarni halol demoqda?» degan gap tarqatishdi va bunga misol qilib, tuyaning go‘shti va sutini keltirishdi. Banu Isroilga harom qilingan yana boshqa narsalarni ham Alloh musulmonlarga halol qilgan edi. Qur’oni Karim ularni tarixiy haqiqat bilan yuzma-yuz qo‘yib: «Tavrot nozil qilinishidan oldin Isroil o‘ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Banu Isroilga halol edi», – demoqda. Isroil Ya’qub alayhissalomdirlar. Rivoyatlarda kelishicha, Ya’qub alayhissalom og‘ir kasal bo‘lib yotganlarida, agar Alloh shifo bersa, eng yaxshi ko‘rgan taomlarini – tuyaning go‘shti va sutini emaslikni nazr qilgan ekanlar. Alloh bu nazrni qabul qildi. Shuningdek, Alloh taolo Banu Isroildan sodir bo‘lgan gunohlar tufayli ularga iqob suratida ba’zi hayvonlarni hamda mol bilan qo‘yning charvisini ham harom qilgan edi. Holbuki, bular Tavrot tushishidan oldin Banu Isroilga halol edi. Qur’oni Karim ushbu haqiqatni ularning esiga solmoqda. Shu bilan birga, Nabiy alayhissalomga ularga qarata: «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, Tavrotni keltirib, o‘qinglar», – deb ayt!» – deb yo‘l ko‘rsatmoqda. Agar ular Tavrotni keltirib, o‘qisalar, o‘sha taomlar faqat o‘zlariga harom qilingani, boshqalarga harom emasligi ayon bo‘ladi. فَمَنِ افْتَرَىَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ مِن بَعْدِ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 94. Shundan keyin ham kimki Allohga nisbatan yolg‘on to‘qisa, bas, ana o‘shalar – o‘zlari zolimlardir. Ya’ni hamma narsa ochiq-oydin bayon etib berilganidan keyin ham «…kimki Allohga nisbatan yolg‘on to‘qisa, bas, ana o‘shalar – o‘zlari zolimlardir». Ana o‘shalar zolim bo‘lmasa, kim ham zolim bo‘lar edi?! Qibla Ka’ba tomonga burilganidan so‘ng yahudiylar turli ig‘volar qo‘zg‘agan edilar. O‘sha ig‘volari va ularga javoblar «Baqara» surasida kelgan edi. Lekin yahudiylar haqiqatni tushunib etgan bo‘lsalar ham, baribir yana musulmonlarning qalbiga g‘ulg‘ula solish maqsadida hamon «Nima uchun o‘n olti, o‘n etti oy Baytul Maqdisga qarab namoz o‘qib turgan musulmonlar birdaniga Ka’baga qarab o‘qiydigan bo‘lib qoldi?» kabi gaplarni kavlab yurgan edilar. Kelasi oyatda Alloh taolo ularning bu ig‘volariga yana javob qaytaradi: قُلْ صَدَقَ اللّهُ فَاتَّبِعُواْ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ 95. «Alloh rost aytdi. Hanif bo‘lgan Ibrohimning millatiga ergashing. U mushriklardan bo‘lmagan edi», – deb ayt. Ya’ni qibla haqida kelgan avvalgi oyatlarni Alloh rost aytdi. Agar siz o‘zingizni Ibrohimning avlodi, merosxo‘ri hisoblasangiz, gapingiz rost bo‘lsa, «Hanif bo‘lgan Ibrohimning millatiga ergashing. U mushriklardan bo‘lmagan edi». «Ammo sizlar Ibrohimga merosxo‘rlikni da’vo qilasiz-u, lekin o‘zlaringiz shirk ham keltiryapsiz. Bu ishlaringiz Ibrohimning yo‘liga to‘g‘ri kelmaydi-ku!» (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom