Toxorat

Assalamu alaykum! Men nomozni endi boshlagan vaqtlarim xech kim menga o‘rgatmagan o‘zim kitobdan ko‘rib tushunganimcha o‘qiganman. O‘sha yangi boshlagan vaktimda toxoratni kitobdagi suratdan ko‘rib qilganman yosh bo‘ganmimiz uncha tushunmay qo‘lni tirsakgacha yuvishda xato qilgan ekan man buni ancha keyin jamoatlarga chiqishni boshlaganimda masjidda toxorat olganimda odamlardan ko‘rib tushunganman. Men kaftimga suv olib tirsakgacha yurgizib yuborardim xolos qo‘lni ishqamasdim xullas qo‘limni xamma joyiga suv to‘liq tegmagan. Shu vaqtdagi nomozlarimni toxorati nuqsonli bo‘lgani uchun boshqatdan o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratda yuvilishi lozim bo‘lgan a’zolarga suv to‘liq etib bormay, zarradek bo‘lsa ham joy qolib ketgan bo‘lsa tahorat durust emas. Tahoratsiz o‘qilgan namozni qayta o‘qish lozim. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 193 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar