Qomusiy olimlarimiz haqida
Assalomu alaykum! Saytdagi bir savolga berilgan javobda Forobiy bobomizning " Alloh juz’iy narsalrni bilmaydi" degan gapi aqidaga toğri kelmaydi deyilgan. Bundan tashqari Turkiyaning diyonat vazirligi nazoratida chiqarilgan "ilsom ensiklopediyasi" dasturida Ibilan Sinoning otasi buzuq aqidada bolgani, shu sababli Ibilan Sinoning özi ham yunon falsafasiga chuqur kirib ketgani, imom G‘azzoliy uning asarlaridan kufrga dalolat qiluvchi joylarini topib raddiya yozgani haqida aytiladi. Bundan tashqari Zamaxshariy bobomiz ham mu’tazila firqasiga mansub bolgan ekan. Savolim, biz ushbu olimlarni bobolarimiz deb faxrlanib eslashimiz, yana Buxoriy, Marg‘inoniy, Moturidiylar qatorida tilga olishimiz to‘g‘rimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Payg‘ambarlardan boshqa barchaning so‘zida xatolik bo‘lmasdan iloji yo‘q. Abdulqodir Jiloniy bir shogirdlariga ijoza berib, insonlarni tarbiya va tazkiya qilish uchun bir joyga jo‘natayotganlarida “Bolam, Xudolik va payg‘ambarlikni da’vo qilmagin” degan ekanlar. Shogirdi xayron bo‘lib, “O‘zingiz meng ijoza berib, ishonib, tarbiya va tazkiya qilish uchun jo‘natayotgan bo‘lsangiz qanday qilib men xudolik va payg‘ambarlikni da’vo qilishim mumkin” deganlar. Shunda “Hamma men aytganim bo‘ladi” degan e’tiqodda bo‘lishing xudolikni da’vo qilishingdir. Men aytgan gapning hammasi haq, ichida hech qanday noto‘g‘riligi yo‘q deb e’tiqod qilsang, bu payg‘ambarlikni da’vo qilishing bo‘ladi – degan ekanlar. Ularni musulmon bo‘lib, islom ummatiga keltirgan foydalari beqiyosdir. Ulardan bizga etgan ne’matlar va foydalarga shukur qilamiz, xatosini kechirishini Allohdan umid qilamiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar