Bir tahorat bilan

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarga o‘rnak qilib bir tahorat bilan besh vaqt namozni o‘qiganmilar? Agar shunday bo‘lsa ushbu haqida sahih rivoyatlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَتَوَضَّأُ عِنْدَ كُلِّ صَلَاةٍ. قُلْتُ: كَيْفَ كُنْتُمْ تَصْنَعُونَ؟ قَالَ: يُجْزِئُ أَحَدَنَا الْوُضُوءُ مَا لَمْ يُحْدِثْ. تحفة:
0 Amr ibn Omir Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «U kishi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam har namoz oldidan tahorat qilar edilar», dedi. «Sizlar nima qilar edinglar?» dedim. «Modomiki sinmasa, tahoratimiz o‘taverardi», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن سليمان بن بريدة عن أبيه قال كان النبي صلى الله عليه وسلم يتوضأ لكل صلاة فلما كان عام الفتح صلى الصلوات كلها بوضوء واحد ومسح على خفيه فقال عمر إنك فعلت شيئا لم تكن فعلته قال عمدا فعلته قال أبو عيسى هذا حديث حسن صحيح Sulaymon ibn Burayda otasi Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namozga tahorat qilar edilar. Fath yili bo‘lganida besh vaqt namozining barchasini bitta tahorat bilan o‘qidilar va mahsilariga va tortdilar. Shunda Umar : “Oldin qilmagan ishingini qildingiz-a?” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qasddan shunday qildim” dedilar". Termiziy rivoyati.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar