Yakkaxotinlikni mahr qilish

Assalomu alaykum! Mahr suralayoyganda mahrga yakkaxotinlikni surash joizmi. Ya’ni erkak kishidan mahrga boshqa hechkimga uylanmaslikni umrini oxirigacha bitta xotin bilan utishini mahr sifatida surasa buladimi. Oldindan rahmat Alloh rozi bulsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas.MAHRNING ShARTLARI 1. Qiymatga ega, mol desa bo‘lgudek narsa bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik ulamolar Hanafiy mazhabining mahrning eng ozi o‘n dirham bo‘lishi kerak, degan ijtihodini ma’qul topganlar. Jobir roziyallohu anhu qilgan rivoyatda «Agar erkak kishi ayolga mahrni hovuchini to‘ldirib taom berish ila ado etsa, ayol unga halol bo‘lur» - deyilgan. Bunda mahr uylanishdagi asosiy qasd emas, balki erning xotinning nafaqasini doimiy ravishda qilib turishini o‘z bo‘yniga olganiga ishora ekanini ko‘rsatadi.
2. Mahrga beriladigan mol halol va pok bo‘lishi kerak. Cho‘chqa, aroq, o‘limtik kabi shariat harom qilgan narsalar mahr o‘rniga o‘tmaydi.
3. Mahrga beriladigan mol birovdan tortib olingan bo‘lmasligi shart.
4. Mahrga atalgan mol noaniq bo‘lmasligi shart.Mahr faqat pul bo‘lishi shart emas. Molyaviy qiymatga ega narsa bo‘lsa bo‘laveradi. Hovli-joy, er, hayvon, tijorat moliga o‘xshash narsalar shular jumlasiga kiradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar