Otalik qilmagan ota, oq qilsa oq bo‘lamanmi?

Assalomu alaykum!  Aqlimni taniganimdan otam kimligini bilmay katta bo‘ldim. 10 yoshdan o‘tganimdan keyin bir insonni ko‘rsatib “bu seni otang” deyishdi. Men uni ota sifatida ko‘rishni istamadim, ya’ni uni dada deyishdan bosh tortdim. Lekin u odam bizni uyimizga avvaldan ko‘p kelardi, uni amaki deb chaqirardim. Ammo yillar o‘tgandan keyin “otang” deyishdi. Bu albatta menga og‘ir botdi, u inson otamligini bilganimdan keyinam uyimizga tez-tez keladigan bo‘ldi. Men yolg‘iz farzand emasman, ukam ham bor. Bir kun uyimizga keldi va meni do‘kondan aroq olib kelishim uchun pul berdi. Men rad etdim(u ichkilikka berilgan odam emas), shundan so‘ng janjal bo‘ldi va meni urdi. Bu menga alam qildi va men uni haqoratli so‘zlar bilan haqoratladim, uyimizga boshqa qaytib kelmasligini aytdim, chunki uyga kelgani bilan uni otalik qilayotganini hech bilinmasdi. Savolim shundan iboratki, u inson meni oq qilsa oq bo‘lamanmi  yoki norozi bo‘lsa menga zarari bormi? Javob uchun oldindan rahmat Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar haqiqatda sizni tug‘ilishingizga sabab bo‘lgan odam bo‘lsa, unga bunday muomalada bo‘lmang. Albatta gunoh ishda itoat qilinmaydi. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh) Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar