Sabr tilash

Assalomu alaykum! Muqaddas ramazon oyi muborak bo‘lsin! Men odatda saharlikda duo qilishda sabr so‘rab ham duo qilaman. Bu ishni ko‘p tanishlarim qilar ekan. Yaqinda bir tanishim sabr so‘rab duo qilib bo‘lmaydi deb aytdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibodatga sabr qilish ham bor. Ibodatga sabr so‘rashlikda hech qanday zarar yo‘q. Mutloq sabr so‘rash boshqa narsa. Chunki odatda bu sabrni boshiga biror ish tushganlar so‘raydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 138 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar