Stavkasi bor emish

Assalomu alaykum! Bu savolni berish men uchun juda qiyin bo‘ldi, lekin insonlar bilan tortishishdan ham charchadim. Gap shundaki hozir juda ko‘p insonlar imomlarni, maruzasi uchun pul olayotganini tanqid qilishyapti. Ya’ni “Ularni ham stavkasi bor o‘sha stavkadagi pulni bermasang kelmaydi” deyishyabdi. Balkim bordur shunakalari buni inkor eta olmayman, lekin Hazrat rohimahulloh haqlarida ham shunday gap aytishganda chidab bo‘lmaydi. Men ularga javoban Hazratning dardlari va maqsadlari o‘sha to‘plangan jamoaga dinni etkazish bo‘lgan deyman. Lekin ular tushunishni hoxlashmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Domlalar haqida bu kabi tuhmat va bo‘hton tarqatyotganlarning qalbida maraz-kasalligi bor. Boshqalarni bilmaymiz, lekin Ustozimiz haqlarida bunday gaplarni Allohdan qo‘rqmaydigan kazzob va tuhmatchi odamlar to‘qib chiqarishgan va buning uchun ular Allohning huzurida albatta javob berishadi. O‘sha asossiz bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatayotganlar ham to‘qib chiqargan kazzoblar bilan gunohda barobardir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar