Shukr qilish
Assalomu alaykum! “Qasamki agar shukr qilsangiz, sizga albatta ziyoda qilurman” degan hadisni bilamiz. Men kasalligim tufayli to‘qqiz yil oldin nogiron bo‘lib qolganman. Kasal bo‘lishimdan oldin zalolatda yurar edim, “tez-tez Allohga shukr shu kasallikni bermaganida haliyam shu ahvolda yurgan bo‘larmidim” deb kasalligimga shukr keltiraman. Shu gapim to‘g‘rimi? Hadisda kelganidek ziyoda bo‘lib ketmaydimi? Yoki mening hukmim boshqami? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shukur qilsangiz tavfiqingiz va kasallikka sabr qilganingiz uchun berilgan savobingiz ziyoda bo‘ladi. Alloh taolo “Ibrohim” surasida marhamat qiladi : وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ 7. Va Robbingizning «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», – deb e’lon qilganini ham eslang». Muso alayhissalom o‘z qavmlariga Alloh taolo qasam ichib, ta’kidlagan haqiqatni eslatmoqdalar: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir». Shukr ne’mat beruvchi Zotga maqtov so‘zlarini aytish va ul ne’matni Allohning roziligi yo‘lida sarflashdan iboratdir. Berilgan ne’matga shukr etish insonning to‘g‘ri yo‘lda – mustaqim ekanini ko‘rsatadi. Shukr qiluvchi inson Alloh taolo o‘zini doimo kuzatib turishini his etadi va ne’mat etganda zohir bo‘ladigan manmanlik, isrof va shunga o‘xshash salbiy holatlardan xoli bo‘ladi. Natijada o‘ziga berilgan ne’matlardan foydalanib, yaxshi amallarni ko‘paytiradi. Ne’matga kufronda bo‘lish esa uning Alloh tomonidan berilishini tan olmaslik, U Zotga hamdu sano aytmaslik va ne’matni noma’qul yo‘llarda ishlatishdan iboratdir. Etgan ne’matga kufron etish uni bergan Zotga – Allohga kufr keltirishdir. Bunday odamlar «Menga ne’matni Alloh berdi», demaydi, balki «Unga o‘z ilmim, harakatim va ustaligim tufayli erishdim», deydi. Shu sababdan, o‘zlaridagi moddiy imkoniyatlarni harom-xarish, manmanlik, shuhratparastlik va shunga o‘xshash salbiy yo‘llarga ishlatadilar. Oqibatda qattiq azobga uchraydilar. Holbuki, shukronalik bandaning o‘ziga foyda keltiradi, xolos. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar