Imomga iqtido qilishda niyat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yoshligimda imom bilan namoz o‘qishni o‘rgatishganda quydagicha o‘rgatishgan edi: niyat qilib quloq qoqiladi va sano duosini o‘qib imomga iqtido qildim deb aytib qo‘yasan deyishgan edi. Hozir men chet elda man do‘stlarim bilan shu to‘g‘risida tortishib qoldik. Men o‘z fikrimni aytsam ular namoz o‘qiyotganda o‘zbek tilida gapirib bo‘lmaydi namoz buzuladi deyishdi. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Imomga iqtido qildim deb aytiladimi? Aytilsa qaysi vaqt aytish kerak? Alloh rozi bo‘lsin javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “Namoz o‘qiyotganda o‘zbek tilida gapirib bo‘lmaydi namoz buzuladi” degan gap to‘g‘ri. Quloq qoqishdan oldin siz aytgandek niyat qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar