To‘ylardagi urflar
Assalomu alaykum! Xalqimiz to‘ylarida ba’zan uloq(ko‘pkari), kurash qilishadi. Ayrimlariga juda katta mablag‘ sarflanadi, kimdir niyat qilgandim desa, kimdir obro‘ va kim o‘zarga. Umuman shu ishlarga shariatda qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ot minishni o‘rganishga targ‘ib qilganlar. Agar ularda qimor shartlari qo‘yilmasa, joiz. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush