Mujoxidga janoza o‘qilmadi
Assalomu alaykum! Savol Shayx xazratlarining «Xadis va Xayot» kitobi, «Nubuvvat xonadoni ayollari» 25 juzidan, Ummu Salama onamiz xakidagi 204 betidan olingan : Uhud urushi kuni Ummu Salama roziyallohu anhoning amakilarining o‘g‘li Shammos ibn Usmon Maxzumiy yarador holida Madinaga olib kelindi va Oisha onamiz roziyallohu anhoning uylariga yotqizildi. Shunda Ummu Salama roziyallohu anho: «Amakimning o‘g‘li mendan boshqaning uyiga yotqiziladimi?» deb norozi bo‘ldilar. Bu gapni eshitib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Uni Ummu Salamanikiga ko‘tarib boringlar», dedilar. Yarador mujohidni Ummu Salama roziyallohu anhoning uyiga olib kelishdi. U kishi o‘sha erda jon berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Uhudga qaytarib olib kelib, vafot etgan kiyimida dafn qilishga amr qildilar. U (yarador jangchi) bir kechayu bir kunduz yotgan, hech narsa tatimagan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni yuvmadilar ham, janoza ham o‘qimadilar. Savol: Mujoxid nimaga yuvilmadilar va janoza namozi o‘qilmagan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shahid yuvilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga keyinroq janoza o‘qiganlar. Chunki shahidlar chirimaydi, shunga keyinroq o‘qiganlar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 164 | Siyrat va tarix