Namozning ikkinchi sajdasi haqida

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vaqtlaringizni olganim uchun. Namozning har rak’atida ikki sajda bor. Ikki sajda haqida to‘liq ma’lumot bersangizlar. Imkon bo‘lsa ikkisini ham qaysi yo‘l bilan sobit bo‘lganigacha. Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mutavotir darajasidagi hadislarda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda ikki sajda qildilar” deyilgan. Nega ikki marta ekanligining hikmatini Alloh taoloning O‘zi biladi. Ikkisi ham farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:05 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar