Badiiy asarlarni tarjima qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati a’zolari sizlarga bir savol bilan murojaat qilishga ijozat bersangiz. Allohga hamdu-sanolar bo‘lsinki hozirda men tarjimonlik mutaxassisligida o‘qiyapman. O‘rganayotgan tilim ingliz tili. Bundan tashqari yana bir necha chet tillarini o‘rganmoqchiman. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab juda ko‘plab ilmiy, ilmiy-ommabop kitoblar yozilmoqda, badiiy adabiyotda ham misli ko‘rilmagan foydali asarlar yozilmoqda. Ammo ming afsuslar bo‘lsinkim menga nomalum sabablarga ko‘ra bu kitoblarning ko‘plari bizning ona tilimizga tarjima qilinmayapti. Shuning uchun kelajakda mana shunday kitoblarni tarjima qilib xalqimizga yetkazish niyatimiz bor. Bundan tashqari psixologiya, tibbiyot, biznes, menejment, marketing kabi sohalarga doir va jahon adabiyotining etuk namunalarini tarjima qilishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Sizlarga bermoqchi bo‘lgan savolim shuki bu ishlar savobli va xayrli ishlar hisoblanadimi? Bunday savolni berishimdan maqsad bir tanishimiz bunday ilmlar foydali ilm emas faqat Qur’on va hadis ilmlari foydalidir, qolganlari befoyda degan ma’nodagi gapni aytib qoldilar. Axir ne-ne musulmon olimlar xususan bizning vatandosh allomalarimiz turli ilmlarga xoh ular diniy ilm bo‘lsin xoh dunyoviy bo‘lsin (avvalambor ular ilmni ikkiga bo‘lishmagan) juda katta yutuqlarga erishib, o‘zlaridan katta meros qoldirganlarku, ulardan hali ham foydalanmoqdamiz. Bunday kitoblar ham musulmonlar uchun foydali emasmi. Hozirda biz matematika, fizika, adabiyot, biznes, tarix, iqtisodiyot, kompyuter texnologiyalari kabi sohalarda etuk marralarga erishishimiz kerakku, bunda turli tillardagi kitoblarni o‘qib, ular bilan tanishib chiqish foydali emasmi. Biz horijlik mutaxassislarning tajribalaridan unumli foydalanishimiz kerak, tan olish kerakki Evropa mamlakatlari va Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlar ilm-fanda bizdan ancha ilgarilab ketishgan, ularning tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman. Javobinggiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xalqqa manfaat etkazishni iroda qilgan bo‘lsangiz, tanlagan yo‘lingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xalqqa manfaat etkazishni iroda qilgan bo‘lsangiz, tanlagan yo‘lingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar