Uyga kelgan lo‘lilarga fol ochtirish

Assalomu alaykum! Ancha yillar ilgari ko‘chalarda uylarga tilanchilik qilib (jugilar) kelishardi. Ular uylarga kirib sadaqa so‘rabgina qolmay bazilari odamlarni qo‘lidan ushlab yoki boshqa holda birdanigani fol ochgan holatlari uchragan. Ushbu holatdagi uy egasi yoki uyda boshqa bir inson bu holatga duch kelgan bo‘lsa bu ham fol shirkka kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fol ochtirish to‘g‘risida kelgan hadis ularga ham tegishli. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar