Ilmni oshirish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alhamdulillah musulmonman 5 vaqt namoz o‘qimasam ham din qonun qoidalari, gunohiyu savobidan bir muncha xabarim bor. Biroq menga bu kamlik qilmoqda, ya’ni, ba’zi holatlarda din tomondan ilmim kamlik qilgani ko‘nglimni nohush qiladi. Shu sababli sizlardan iltimosim menga maslahat beringlar. Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, tahoratdan tortib to suralargacha to‘liq tushunchalar ko‘rsatadigan qanday kitoblarni yoki qo‘llanmalarni tavsiya qila olasizlar? Kitob do‘konlaridan yoki boshqa joydan topish mumkin bo‘lgan yoki onlayn do‘konlarda bor bo‘lgan materiallar bo‘yicha maslahat berishingizni iltimos qilaman. Javobingizni kutib qolaman. Oldindan rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozircha Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Mo‘minning me’roji” nomli kitoblarini oling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 132 | Islam