Bu sudxo‘rlik emasmi?

Assalomu alaykum! Biror mulkni nasiya bay sharti asosida(yani xozirgi arenda) olsa, so‘ng u mulkni sotib qarzini ado qilsa.  Mulkni egasiga kelishuvga binoan ma’lum miqdorda pulini to‘lasa, shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni shariat tilida tavarruq deyiladi. Nasiyaga bo‘lib to‘lash sharti bilan masalan biror mashinani bir yilga sotib olsa va uni bozorga olib  chiqib naqd pulga arzonga sotsa, buni shariat tilida tavarruq, ya’ni pulga ega bo‘lish uchun nasiya savdo qilish hisoblanadi. Bunda bir necha shartlar bor. O‘sha nasiyaga olgan narsasini sotgan odamning o‘ziga sotish harom. Sudxo‘rlikka bir hiyla hisoblanadi. Sotuvchidan boshqasiga sotish joiz. 2). Sotuvchining o‘zini bozorda sotib berishini shart qilish joiz emas. Ya’ni oluvchi sotuvchiga “birovga sotib berasan” deb shart qilish. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar