O‘zgartirilganmi?
Assalomu alaykum! Qur’onning ba’zi oyatlari yo‘q qilingan, ba’zilari o‘zgartirilgan deb eshitganman. Ya’ni bizga to‘liq holda etib kelmagan deyishadi. Shu rostmi? Savolim nojoiz bo‘lgan bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Hijr” surasida marhamat qiladi : إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ 9. Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va albatta, unga Biz muhofazachimiz. Ushbu Zikr – Qur’on kofiru mushriklar majnun deb nomlayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning to‘qima asari emas. Uni aynan Biz nozil qildik. Uni odamlar inkor qilsalar ham, tan olmasalar ham, yo‘q qilib yubormoqchi bo‘lsalar ham, baribir, «...albatta, unga Biz muhofazachimiz». Islom da’vati o‘z boshidan eng og‘ir kunlarni kechirayotgan bir paytda, ya’ni mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshliq oz sonli musulmonlarni butunlay yo‘qotishga, Qur’onning nomini ham qoldirmaslikka qasd qilib qolishgan bir paytda nozil bo‘lgan bu oyati karima haqiqiy ilohiy mo‘’jizadir. Agar mazkur Kitob haqiqiy ilohiy mo‘’jiza bo‘lmaganida, shunday qiyin paytda bu gaplarni ishonch va ta’kid bilan aytmas edi. Bu bir mo‘’jiza bo‘lsa, oyatdagi va’daning yuzaga chiqishi ming mo‘’jizadir. Qur’on tusha boshlaganidan hozirgi kunga qadar uni yo‘q qilib yuborish, unga zarar etkazish va o‘zgartirish kiritish uchun qanchadan-qancha urinishlar bo‘ldi. Ammo Alloh taolo va’dasining ustidan chiqdi. O‘z Kitobini muhofaza qilib qoldi. Bu Kitobning biror harfi ham o‘zgargani yo‘q. Dunyodagi hamma kitoblarga, hatto samoviy kitoblar bo‘lmish Tavrot va Injilga ham o‘zgartirish kiritildi. Ammo Qur’oni Karim sofligicha qoldi. Hatto Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflariga ham g‘arazgo‘ylar hamla qilishdi. Oqibatda ko‘plab hadis ilmi sohiblari, ulug‘ ulamolarimiz hadislarni bu hamladan himoya qilish uchun bir talay ishlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldilar. Ammo hech kim Qur’oni Karimning bir harfiga ham til tekkiza olmadi. Alloh taolo va’dasiga binoan, Kitobini O‘z himoyasiga oldi. Musulmonlar boshlaridan og‘ir zamonlarni o‘tkazdilar. Ular tamoman boshqalarga qaram bo‘lib qolgan vaqtlar ham bo‘ldi. Ko‘p urf-odatlari o‘zgarib ham ketdi. Ammo Qur’oni Karim o‘zgarmadi. Holbuki, Islom dushmanlarining, musulmonlar dushmanlarining asosiy maqsadi Qur’onga zarar etkazish edi. Ular maqsadlariga eta olmadilar. Alloh va’dasiga binoan, O‘z Kitobini muhofaza qilib qoldi. Bundan keyin ham muhofaza qilajagi muqarrardir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Qur’oni karimni “o‘zgartirilgan” deb e’tiqod qilish kufr sanaladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 133 | Qur’oni karim