Internetdan foydalanish

Assalomu alaykum! Biz ishlaydigan tashkilot kompyuterlari internetga ulangan. Biz undan o‘zimizni maqsadlarimiz uchun xam foydalanamiz. Shaxsiy pochtamizga kiramiz, yangiliklar bilan tanishamiz, telegramga xam ulanganmiz, u tarmoqdan xam xar xil narsa skachat qilamiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi yoki birovning xaqqini eyapmizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birovning haqqi ekanligi aniq. O‘shancha miqdoriga pul to‘lab qo‘yinglar. Yoki egasining roziligini olinglar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:30 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar