Xaj safari

muxtaram Shayx Muhammad Sodik Muhammad Yusuf hazratlari ijozatingiz bilan sizga murojat kilsam, Allohga beadad shukurlar bo‘lsinkim mana bu yil xaj safariga otlandim. Men savdogarman. Meni bir narsa kiynayapti shunga sizdan maslaxat suramochiman, yanvarda xajfonda xaj tulovini 130 ming deyishdi standart. 30 mingini yanvarda tuladim kegin kolgan kismini 100 mingni avgust oyida tulanadi deyishdi. Avgustga plan kilib pullarimni bir kismini karzga bir kismiga moshina oldim va xokazo kilib ishlatib yuborgandim karzdorlardagi pullarim 500-600 yuz ming xech yu 100 mingini berishar deb niyat kiluvdim. Iyuldi boshida xajfondan telefon kilishdi va kolgan 100 mingni oborberishimni surashdi. Shunda karzdorlarim pul kaytarishmagandi xali, (yul kurilishda odam ham ishlataman shulardan kolgan foyda boridi 100 ming) iloji yo‘q u pulni bervordim. Men ari bilan ham shugullanaman xajga arini puliga bormokchidim pullar karzdorlardedi. mana avgust kelib karzdorlar pullardi kaytarishdi boshlashdi. kanday kilib shu pullardi urnini almashtirsam boshim kotdi. Kunglim xira iltimos, maslaxat bering. Maslaxatingiz uchun oldindan raxmat. Alloh martabangizni bundan ham yuksak kilsin baxtimizga doim sog salomat yuring. Rasuli akram s. A. V ga minglab duru salovatlar bo‘lsin. (hazratim Bashkiriyada togda toza lipovыy asal olgandim niyat kiluvdim sizga flyakchada bervorishni biror kishini aytsangiz bervorardim)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Pulning almashishida farq yo‘q. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin.

28 Aprel 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 149 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar