Vada berib bajara olmaslik

Assalomu alaykum! Bir bir inson do‘stiga yo tanshga, yokida begona kimsaga nimadur vada qilsa bir bir narsa haqida yangilik yokida ish yuzasdan yordam beraman deb vadasdan chiqolmasa bazi holarda esdan chiqarb yordam berolmasa gunoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bundan qattiq saqlanish kerak. Esidan chiqsa yoki imkoni bo‘lmasa zarari yo‘q. Lekin esiga tushishi va imkoni bo‘lishi bilan va’dasiga vafo qilishga shoshilishi kerak. Chunki va’da berib unga xilof qilish munofiqning uch alomatidan biri hisoblanadi.Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda yolg‘onchilik munofiqlikning uchdan bir qismi sifatida bayon qilingan:
«Munofiqning alomati uchtadir: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi, ahd qilsa, aldaydi».
 Demak, yolg‘onchilik munofiqlikning birinchi va etakchi sifatidir. Yolg‘on gapirgan odam munofiqlikning uchdan birini qilgan bo‘ladi. Albatta, yolg‘onchi va’dasida turmaydi, ahdiga vafo ham qilmaydi. Oqibatda bunday odam to‘liq munofiq bo‘ladi. Munofiqlik esa kofirlikdan ham yomonroqdir. Munofiqlar Qur’oni Karimning ta’biri bilan aytganda, jahannamning eng to‘ridan joy oladilar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar