Erdan chiqadigan maxluq
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, “Naml” surasi 82-oyatida zikr etilgan qiyomatdan avval erdan chiqadigan maxluq haqida ma’lumotlar bormi? Qimmatli vaqtingizni olganimiz uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hodisa qiyomatning alomatlaridan biridir. Alloh taolo ushbu oyati karimada kofirlar boshiga va’da qilingan so‘z – qiyomat azobi tushish chog‘ida erdan bir hayvon chiqarishi haqida xabar bermoqda. Demak, bu ishning bo‘lishi muqarrarligida hech qanday shubha yo‘q. Sahih hadisi shariflarda bu hayvon qiyomatning alomatlaridan biri ekani, tavba qilsa, foyda bermaydigan vaqt bo‘lib qolganda chiqishi haqida xabarlar kelgan. Hofiz ibn Kasir: «Bu jonivor oxiri zamonda, odamlar fasodga berilganda, Allohning amrini tark qilganlarida va haq dinni o‘zgartirganlarida chiqadi», – deganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal Huzayfa ibn Usayd G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «O‘nta belgini ko‘rmaguningizcha qiyomat qoim bo‘lmaydi», deb turib, erdan jonivor chiqishini ham aytganlar. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis yod olib, hech yodimdan chiqarmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Qiyomatning birinchi alomatlaridan – quyoshning mag‘ribdan chiqishi va odamlarga jonivorning chiqishidir, bunisi choshgoh paytida bo‘ladi. Qaysi biri oldin chiqsa, keyingisi darrov sherigining orqasidan chiqadi». Shu bilan birga, muhaqqiq tafsirchi ulamolarimiz ushbu jonivor haqida keraksiz va asossiz gaplar ko‘payib ketganini, ular tafsir kitoblarimizga ham kirib qolganini, ishonchli manbalarga suyanilmagan gaplar bo‘lgani uchun ularga e’tibor bermaslik lozimligini ta’kidlaydilar. Qur’oni Karimda va sahih hadislarda kelgan xabarlar bilan kifoyalanish eng yaxshi ish. Qolgani esa faqat Alloh biladigan g‘ayb ilmidir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim