Nima bo‘lishi mumkin?

Assalomu alaykum! Qilayotgan ishingizni Alloh xayrli va barokatli qilsin.   Uylanish arafasidaman, har gal qiz ko‘rgani ya’ni  uchrashuvga chiqadigan kunim ertalabdan salomatligim yomonlashadi. Boshim og‘rib, ko‘ynim ayniydi va hokazo. Uchrashuvdan so‘ng hammasi o‘z o‘rniga qaytadi. Bu holat anchadan beri takrorlanyapti. Savolim shuki bu holatga qanday izoh berish mumkin? Kimdir o‘qitib (issiq sovuq qilib) qo‘yganmikan yoki shunchaki oddiy holatmi? Ya’ni hayajon.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu oddiy hayajon. Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tunda va tongda o‘qigan zikrlarni o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar