Ko‘z zinosi tufayli ayoli bilan nikohi buzilmaydimi?

Assalomu alaykum! Bir odam mashina ketayotib qomatini bilintirib kalta yubkada ketayotgan bir qizga shaxvat bilan qarab "zo‘r narsa ekan, uni men undoq qilardim, mundoq qilardim" deb u bilan qanday jinsiy aloqa qilishini aytdi. Yaqinlashganda qarasa o‘zini qizi ekan. U yonidagi odamga “buni xech kimga aytma” dedi. Ushbu kimsani shu xolatdan keyin ayoli bilan nikohiga zarar etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shahvat bilan qo‘l tekazmaguncha yoki jinsiy a’zosiga qaramagunicha ayoli bilan o‘rtasidagi nikoh buzilmaydi. Ammo shu holatda davom etsa nikoh ham qolmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar