Sevib qolish gunohmi

Assalomu alaykum! Meni o‘zim namoz o‘qiyman, yoshim 19 da shunga qaramasdan, yaqinda bir kursdoshimni sevib qoldim, lekin u sevishimni bilmaydi. Uni ko‘ngli menda bormi bilmayman. Endi savolni asosiy qismiga o‘tadigan bo‘lsak : sizlarni javobingiz uylanish kerak deysizlar, ota onam rozi emas, bilaman ota onani norozi qilish gunoh, u qizni yoshi mendan 1 yosh katta, men nima qilishni bilmay qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingizni tiying. Uylanish vaqtingiz kelganida Alloh taolo O‘z pokizasini yo‘liqtiradi. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ يَضْمَنْ لِي مَا بَيْنَ لَحْيَيْهِ وَمَا بَيْنَ رِجْلَيْهِ أَضْمَنْ لَهُ الْجَنَّةَ  Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki jag‘ining orasidagi va ikki oyog‘ining orasidagiga kafolat bersa, men unga jannatga kafolat beraman!» dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 205 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar