Bir kushnim

Assalomu alaykum! Bir rus qo‘shnim menga o‘zini sen deb murajat qilishimni suradi. U inson mendan biroz yoshi katta yoshdagi erkak edi. Men “yo‘q, bunga meni tarbiyam yo‘l bermaydi” dedim. Shunda u inson biroz muddat tikilib turdida “Siz musulmonlarga tushunmayman sizlarni yaratgan tangirlaringga sen deb murojat qilgani tarbiyanglar yo‘l beradiyu, U yaratgan bandasiga sen deyishga tarbiyanglar yo‘l bermaydi” dedi. Shu so‘zni eshitgandan buyon u kishiga javob qaytarishga javob izlayman. Bu so‘zga qanday javob berishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=8059.0;wap «Hikmatli dunyo»ni bir sonida nega Allohga «sen» deb murojaat qilishimiz haqida gapirilgandi. “Bu arab tili grammatikasi bilan bog‘liq, sen degani birlikni, siz deyilsa ko‘plikni anglatadi” degan ma’noda javob berganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar