Jasadni yoqish xaqida

Assalomu alaykum! Men AQShda yashayman, bu erda maytni ko‘mish juda qimat turadi, shuning uchun puli yo‘q odamlar yaqinlari vafot etsa yoqib yuborishar ekan. Kuni kecha bir arab do‘stim biznesga sherik bo‘lib kirishni taklif qildi. Nima biznes ekan desam, o‘lgan odamlarni yoqadigan joy ekan. Manga o‘zi eshitilishi yoqmadi, man unga bizga bunaqa ish qilish halolmi deb so‘rasam, bilmiman. Lekin surishtiryapman dedi. Man xam o‘zim uchun bilib olay deb sizlardan maslaxat so‘rab yozyapman. Xar doim biron masalada yordam kerak bo‘lsa mana shu website ga murojat qilaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yoqish mutlaqo joiz emas. Mayyit yoqish ishi bilan shug‘illanuvchi insonlar bir muddatdan so‘ng ruhiy xastaliklarga ko‘p duchor bo‘lishadi. عن أم المؤمنين عائشة رضي الله عنها أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: (كَسْرُ عَظْمِ المَيِّتِ كَكَسْرِهِ حَيًّا) رواه أحمد وأبو داود وابن ماجه 1). Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mayyitning suyagini sindirish tirik holida sindirish kabidir” deganlar.
Ushbu hadisdan o‘likka ham tirikka qilinadigan muomala qilinishi tushuniladi.
Ibn Molik rahmatullohi alayh ushbu hadisdan “O‘lik ham unga qilingan qo‘pol muomaladan ozor chekadi” degan narsa tushuniladi. Ibn Hajar rahmatullohi alayh: “Shundan kelib chiqadiki tirik rohatlanadigan narsadan o‘lik ham rohatlanadi” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar