Ayollar Qosh o‘rtasini terish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 1.Ayolimni qoshi biroz bir biriga tutashgan, shuni o‘rtasini terib olsa bo‘ladimi sababi menga bir oz yoqmaydi, 2.Telefon bozorida Koreyadan kelgan telefonlarni "Yangi telefon, bu erda ishlamagan, Koreyada ishlagan" deb sotishadi va ayrim sodda odamlar yangi telefon oldim deb ketaveradi. Bu qanchalik to‘g‘ri, shariatga zid emasmi, vaholanki bu erda tekshirib olishadi tekshirish uchun ham ishlatib ko‘rish kerak, ularga mana ishlatib ko‘rdingizku desam biz tekshiryapmiz deydi 3. Men, mijoz sotib olgan molini, mol yoqmay qolsa yoki pul kerak bo‘lib qolsa 3 kun ichida qaytarib berishi va savdogar ham qaytarib olishi kerak va majbur deb bilaman (otamdan o‘rganganman) endi savol, yangi qadog‘i ochilmagan telefonni sotsa va 3 kun ichida qaytarib olib kelsa savdogarlar qaytarib olishmaydi sababi qadoq ochilgandan keyin u yangi emas F/B bo‘ladi va yangi deb sotib bo‘lmaydi, qaytarib olsa savdogar ziyon qiladi shu holatda qaytarib olmaslik to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). https://savollar.islom.uz/s/57 https://savollar.muslimaat.uz/savol/3879 2). "Yangi telefon, bu erda ishlamagan, Koreyada ishlagan" shu gapni yangi degan so‘zini olib tashlang, chunki bu yolg‘on, “koreyadan kelgan ishlatilgan telefon” denglar. 3). Sotuvchining haqqi. Qadoqda turgan maxsulot boshqa narxda, ishlatib ko‘rish uchun olingan va ochib ishlatigan maxsulot boshqa narxda belgilanadi. Shuning uchun kafolat degan narsa joriy qilinib bunga nimalar kirishi batafsil shartnomada bayon qilinadi, mijoz bu bandlar bilan to‘liq tanishib ilmini oshirishi lozim. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar