Jannat yo‘li
Assalomu alaykum! Savolimni eshitganim bo‘yicha beraman. “Shaharda yashab ko‘p fitnalardan omon qolgan kishi qishloqda yashab ko‘p fitnalardan omon qolgandan oldinroq jannatga kiradi” degan gapni eshitdim. To‘g‘rirog‘i shahardagi kishi qishloqda yashovchi kishidan oldin jannatga kirar ekan. Shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda nafl ibodatlaran ko‘ra gunohdan saqlanish juda muhimdir. Gunohdan saqlanishning o‘zi ham munkar ishni tark qilish hisoblanadi. Nafl ibodatdan ko‘ra uni qilish bir muncha mushkuldir. Xususan gunohga imkoniyatlar keng bo‘lgan joylarda. Hozirgi kunda qishloqlardan ko‘ra shaharda taraqqiyot topishga imkoniyat keng bo‘lgani kabi gunoh qilishga ham imkoniyat keng. Xususan internet, yo‘ldoshli antennalar, kabel televideniyalar bemaloldir. Shu holatda ham o‘zini gunohdan tiyib olish Allohga eng mahbub amallardandir. Tarixda ba’zi solih insonlarni go‘zal ayollarga duch kelganda ulardan yuz o‘girganliklari, shahvatdan o‘zlarini tiyganlarini misol va na’muna tarzda rivoyatlar qilingan. Hozirda esa musulmon erkak va ayol har vaqt bunday holatga duchor bo‘lmoqdalar. Shu holatda o‘zini haromdan tiyish Alloh taoloning nazdida juda ham qadrli va e’tiborga loyiq ekanligidan qiyomat kuni, hech qanday soya yo‘q bo‘lgan kunda arshning soyasidan soyalanuvchi etti toifaning ichidan biri «Mansab va husn-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganida Men Allohdan qo‘rqaman», degan odamdir. Internetlarda axloqi buzuq ayollar o‘z suratlarini namoyish qilib turganda ularni tomosha qilib lazzatlanishdan bosh tortish ham Allohdan qo‘rqish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar