Hayvon o‘ldirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kim it boqsa har kungi qilgan amalidan bitta kamayadi deb eshtganman. Shunday ekan itni o‘ldirsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Itni qiynamasdan o‘ldirishga shariat ruxsat bergan. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِقَتْلِ خَمْسِ فَوَاسِقَ فِي الْحِلِّ وَالْحَرَمِ: الْفَأْرَةُ، وَالْعَقْرَبُ، وَالْغُرَابُ، وَالْحُدَيَّا، وَالْكَلْبُ الْعَقُورُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Beshta hayvon borki, ularning barchasi fosiqdir. (Hoji) ularni haramda ham o‘ldiraveradi: qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va qopag‘on it», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar